Foto: Getty Images
Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Evander Holifild ringga qaytayotganini ma’lum qildi.
Amerikalik afsonaviy bokschi bir nechta ko‘rgazmali jangda ishtirok etadi va shu yo‘l bilan xayriya aksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
«Tayyormisiz? Siz kutgan palla. Chempion qaytdi! Ringga qaytayotganimni e’lon qilishni xohlardim. Men buyuk ish uchun ko‘rgazmali janglarda ishtirok etaman», — deya yozadi 57 yoshli bokschi.
Holifild professional boksda 57 jang o‘tkazib ularning 44 tasidagi g‘alaba qozongan va o‘n marta mag‘lub bo‘lgan. Shuningdek, u ikkita durang qayd etgan va yana bir jang natijasi bekor bo‘lgan.
Avvalroq 53 yoshli Mayk Tayson ringga qaytayotgani va ko‘rgazmali janglarda ishtirok etishini ma’lum qilgandi. Keyinroq uning murabbiyi Tayson va Holifild ishtirokidagi uchinchi jang o‘tkazilishiga shama qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...