Foto: FourFourTwo
«Arsenal» sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger PSJ hujumchilari Kilian Mbappe va Neymar kelajakda Lionel Messi hamda Krishtianu Ronalduning o‘rnini egallashiga ishonishini aytdi.
«Biz hech qachon Messi va Ronaldu kabi futbolchilarni ko‘rmaganmiz, ular istalgan qiyin vaziyatdan chiqib ketishni biladi. Biroq mazkur futbolchilarning davri tugamoqda.
Endi biz keyingi avlod haqida gapirsak bo‘ladi va bu yerda birinchi planga fransiyalik futbolchilar chiqishi mumkin. Ayni damda Mbappe yetakchiga aylanishi mumkin. Va, albatta, Neymarni ham yoddan chiqarmaslik kerak», — deydi Venger.
Argentinalik futbolchi faoliyati mobaynida olti marta «Oltin to‘p»ga ega chiqqan, Ronalduda esa mazkur sovrin beshta. So‘nggi 12 yil ichida faqatgina Luka Modrich («Real») «Oltin to‘p» uchun kurashda Leo va Krishtianuni ortda qoldirishga erishgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas