
Belarusning "Energetik-BGU" klubi hujumchisi Jasur Yaxshiboyev mahalliy OAVga intervyu berdi. Suhbat davomida Belarus va o‘zbek millati va futbolchilari o‘rtasidagi tafovutni ham ta’kidladi.
"Belaruslar va o‘zbeklar qanday farq qiladi? Albatta, bu ikki millatning mentaliteti butunlay boshqacha. Sobiq Ittifoq hududidagi barcha millatlarniki bir-biridan farq qiladi. O‘zbeklar menimcha, janubliklar kabi qiziqqon bo‘ladi.
Bizning futbolchilar kuchli texnikaga egalar. Bu borada ular belarusliklardan ustun. Jismoniy jihatdan esa bunday emas. Yugurish, kurashish borasida ham shunday. Yevropada o‘ynash uchun texnika yetarli darajada, ammo yetarli kuch yo‘q", - dedi Yaxshiboyev.
Jasur YaxshiboyevBelarus FutboliO‘zbekiston FutboliMillatlar MentalitetiTexnika UstunligiJismoniy Jihatdan O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar