"Lokomotiv"ning rossiyalik hujumchisi Kirill Pogrebnyak klub rasmiy saytiga intevryu berdi. Faoliyati davomida Shvetsiyaning "Falkenberg" klubida to‘p surgan 27 yoshli forvard shved va o‘zbek futboli o‘rtasidagi tafovutni ham ta’kidladi.
"O‘zbekistonda endi 3 ta o‘yinda qatnashdim, shu boisdan ishonch bilan nimanidir gapira olmayman. Shvetsiya futboli haqida gapiradigan bo‘lsam, u yerda uchta kuchli jamoa bor, qolganlar esa unchalik darajada kuchli emas. Hissiyotlar nuqtai nazaridan, Shvetsiyada men huddi Rossiya Premer-ligasida o‘ynayotgandek bo‘ldim. Aniqroq aytadigan bo‘lsam, FNLning ayrim jamoalarini inobatga olmasak, Premer-ligadan farqi yo‘q.
Bu reklama, marketing va futbol atrofida bo‘layotgan boshqa ishlarga ham tegishli. Yaxshi maydonlar va muxlislar. Barchasi futbol o‘yini uchun bo‘layotgandek hissiyot beradi. Muxlislar ham teatrga emas, aynan futbol o‘yiniga kelgandek kelishadi. Shunchaki zavq olish va lazzatlanish kerak.
O‘zbek futboli haqida fikrlarim boshqacharoq. Yashirmayman, o‘tgan uy o‘yinda muxlislar xuddi teatrga kelganidek taassurot uyg‘otdi. Bu yerda barchasi boshqacha ekan. Futbol darajasi haqida gapiradigan bo‘lsam, u shved futbolidan kuchsiz emas. Har bir jamoada individual kuchli futbolchilar bor", - dedi Pogrebnyak. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas