
Rossiya Premer-ligasi 21 iyun kunidan davom ettiriladi. Chempionatni davom ettirish qarori Rossiya futbol ittifoqi ijroqo‘mining bugungi yig‘ilishida qabul qilindi.
Tashkilotning "Twitter"dagi akauntida yozilishicha, klublarga 5 ta o‘zgarish qilishga ruxsat beriladi. Rossiya futbol ligasi (FNL) va Professional futbol ligasi (PFL) bahslari esa yakunlandi. RPLda 15 va 16-o‘rinni egallagan jamoalar FNLga tushsa, quyi ligada dastlabki ikki o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar Premer-ligaga yo‘llanma oladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu chempionatda o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov ("Rostov") va Oston O‘runov ("Ufa") faoliyat olib boradi.
Rossiya Premer-ligasiChempionat Davom EttirishFutbol IttifoqiEldor ShomurodovOston O‘runovKlublarga O‘zgarish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar