
O‘zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim Shatskix «Tezkor studiya»dagi suhbat vaqtida o‘z vaqtida Toshkentning «Bunyodkor» klubidan taklif tushganini aytdi.
«Bunyodkor» gurkiragan o‘sha yillarda menga taklif bo‘lgandi. Adashmasam, 2009 yil boshida bu borada men bilan bog‘lanishgan. Biroq bu yerda «Dinamo Kiyev», Yevropa Chempionlar Ligasi... «Bunyodkor»ga o‘tish esa faoliyatim asta-sekin yakunlayotganini anglatgandek bo‘lardi. Shunchaki meni «Dinamo»da shunday holat kutayotganini, barchasi qayg‘uli tugashini bilmasdim. Taklif bo‘lgan, biroq men uni rad etganman», — deydi Shatskix.
Shuningdek, «Rotor» murabbiyi kelajakda O‘zbekiston terma jamoasi yoki klublaridan taklif tushadigan bo‘lsa, uni qabul qilishga tayyor ekanini bildirdi.
«Nimaga endi yo‘q. Agar takliflar bo‘lsa, ularni ko‘rib chiqishga tayyorman», — deydi Shatskix.
Maksim Shatskix futbolchilik faoliyati mobaynida «Dinamo Kiyev», «Lokomotiv Ostona», «Arsenal Kiyev», «Goverla» va boshqa bir qator klublarda to‘p surgan.
Maksim ShatskixBunyodkor KlubiO‘zbekiston TermaDinamo KiyevFutbolchilik FaoliyatiTaklif Tushadi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar