14:45 / 20.05.2020
2 735

Eldor Shomurodov toza chiqdi

Eldor Shomurodov toza chiqdi
O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Rostov” klubi futbolchilari, murabbiylari va xodimlari koronavirusga test topshirdi.

Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, klubning hech bir vakilida koronavirus aniqlanmagan. Ayni paytda “Rostov” jamoasi deyarli to‘liq tarkibda Rostov shahrida bo‘lib turibdi va individual tarzda mashg‘ulot olib borishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Himoyachi Dennis Xajikadunich tez orada Shvetsiyadan qaytadi.

RPL o‘yinlari 21 iyundan davom ettiriladi. “Rostov” chempionatda yuqori o‘rinlar va UYEFA Chempion ligasi yo‘llanmasi uchun kurashmoqda. Eldor Shomurodov esa to‘purarlar bahsida g‘oliblik uchun raqobatlashmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov toza chiqdi