17:37 / 20.05.2020
2 085

Kanchelskis: Futboldagi o‘zgarishlar, Superliga bo‘yicha taklif, ligalarda g‘olibni qay tarzda aniqlash borasida

Kanchelskis: Futboldagi o‘zgarishlar, Superliga bo‘yicha taklif, ligalarda g‘olibni qay tarzda aniqlash borasida
Bir necha kun avval karantindan keyingi futbol borasida sport jurnalistlari va sharhlovchilarning fikr-mulohazalarini taqdim etgandik. Endi esa murabbiylarning qarashlari va taxminlarini havola qilamiz.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi hamda Superligada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar karantindan keyingi o‘zbek va xorij futboli, undagi o‘zgarishlar, Superligani qanday o‘tkazish bo‘yicha taklif, Yevropada chempionatlarning davom etishi nimaga bog‘liqligi, ligalarda chempionni kay tarzda aniqlash xususida o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilishdi. Bu gal “Navbahor” klubi bosh marubbiyi Andrey Kanchelskisning fikrlarini taqdim etamiz.

- Agar o‘yinlar muxlislarsiz o‘tkaziladigan bo‘lsa, qanday tasavvur qilishim mumkin? Albatta, bahslarni tomoshabinlarsiz o‘tkazish oson kechmaydi. Bunday uchrashuvlarda futbolchilarda ishtiyoqni uyg‘otish qiyin. Ammo nailoj, koronavirus pandemiyasi sababli ular shunday holatda to‘p tepishga majbur. Asosiysi, insonlar salomatligi.

Futboldagi asosiy o‘zgarish, bu o‘yinlarning muxlislarsiz o‘tkazilishidir. Shu xolos.

Superligani o‘tkazish bo‘yicha taklif. Agar koronavirus pandemiyasi kuchayib ketmasa, odatiy usulda, ya’ni turlarni uy-safar tizimida o‘tkazish kerak. Mabodo virus kuchaysa, klublarni 2-3 ta shaharga yig‘ib, birinchi davrani tezroq yakunlash uchun bir haftada ikkitadan o‘yin tashkil etish mumkin. Futbolchilik paytimda Angliyada qisqa vaqt ichida maydonga tushaverardik. Futbolchilar bunga ko‘nikishiga to‘g‘ri keladi. Muxlislarsiz bo‘lsa-da, birinchi davrani tezroq yakunlash lozim.

Yevropada ligalarning davom ettirishda birinchi navbatda g‘oliblarni aniqlashga e’tibor qaratiladi. Pul ikkinchi darajali. To‘g‘ri, karantin davrida “ko‘hna qit’a”dagi ko‘plab klublar gonorarsiz qoldi. Shunga qaramay, barcha ligalarda sovrindorlarni aniqlash asosiy maqsad hisoblanadi. Shuning uchun ular o‘yinlarni o‘tkazishmoqda.

Barcha mamlakatlarning ichki chempionatlari yakunlanishi kerak. Mubosaqalar kelgan joyida tugatilsa, e’tirozlar paydo bo‘ladi. G‘oliblar va boshqa o‘rinlarni o‘yinlar orqali bilib olish darkor. Ayrim davlatlarda chempionatlar oxiriga yetmazilmadi. Bunda ba’zi klublar norozilik bildiradi va shunday ham bo‘lmoqda.

Bu holat Superligamizga ham taalluqli. Ichki birinchilikni davom ettirib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etgan yaxshi. Bu eng to‘g‘ri yo‘l, - dedi Andrey Kanchelskis.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kanchelskis: Futboldagi o‘zgarishlar, Superliga bo‘yicha taklif, ligalarda g‘olibni qay tarzda aniqlash borasida