21:20 / 20.05.2020
2 572

"Humo" sardori O‘zbekiston va Rossiyadagi hayotni taqqosladi

"Humo" sardori O‘zbekiston va Rossiyadagi hayotni taqqosladi
Toshkentning "Humo" xokkey klubi sardori Aleksandr Sherbina Oliy xokkey ligasi rasmiy saytiga intervyu berdi. Tashkilot matbuot xizmati bilan bo‘lgan suhbatda u koronavirus bilan bog‘liq holat va ikki mamlakatdagi hayot tarzini taqqosladi.

"O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq chora-tadbirlar meni yaxshi ma’noda ajablantirdi. Bu borada barcha jabhada qat’iy tartib o‘rnatildi. Bizning massajchimiz o‘zbekistonlik edi va Moskvadan Toshkentga qaytdi. Ularni aeroportdan to‘g‘ri shahar tashqarisidagi hududda ikki haftalik karantinga olishdi. Vaqtinchalik bunday karantin hududlari tezkorlik bilan qurib bitkazildi. U yerda barcha cheklovlar bosqichma-bosqich yumshatilmoqda.

Rossiya va O‘zbekistonning farqi? Birinchi navbatda iqlim. Toshkentda ob-havo issiq, yaxshi. Shuningdek, u yerda mazali taomlar ko‘p va Rossiyadagidan ancha arzon. Menda Toshkentdagi faoliyatimdan iliq xotiralar qolgan
", - dedi Sherbina.

Eslatib o‘tamiz, u yangi mavsum faoliyatini Qozog‘istonning "Sariarka" jamoasida boshlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Humo" sardori O‘zbekiston va Rossiyadagi hayotni taqqosladi