19:00 / 22.05.2020
2 136

O‘FA OFKning ommaviy futbol rivoji bo‘yicha "kumush" toifa a’zolari safiga kiritildi

O‘FA OFKning ommaviy futbol rivoji bo‘yicha "kumush" toifa a’zolari safiga kiritildi
Osiyo futbol konfederatsiyasi uyushmaga a’zo mamlakatlar futbol federatsiyalarini mamlakatda ommaviy futbolni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha olib borayotgan dasturlari ko‘lamiga ko‘ra ma’lum toifalarga ajratib keladi.
O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi OFK tomonidan ommaviy futbol rivoji bo‘yicha "kumush" toifasi a’zolari safiga kiritildi.

OFK veb-saytining yozishicha, ommaviy futbolni rivojlantirish bo‘yicha "kumush" toifaga kiruvchi mamlakatlar soni 6 taga yetdi. Qit’a futbol uyushmasi 2017 yildan buyon a’zo futbol assotsiatsiyalarini o‘z mamlakatida ommaviy futbolni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirayotgan dasturlari samaradorligi bo‘yicha toifalarga bo‘lib kelmoqda. Bunda ommaviy futbol bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan tashabbus va dasturlar soni, ularning qamrovi, mavjud infratuzilma, bolalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan turnirlar tashkilotchilik darajasi kabi jami 20 ta me’zon asos bo‘lib xizmat qiladi.

O‘FA mamlakatda futbolni yanada ommalashtirish maqsadida hududiy futbol assotsiatsiyalari bilan birgalikda muntazam ravishda qator festivallar, turli yosh toifalari uchun musobaqalar o‘tkazib kelmoqda.

O‘FA texnik direktori Shovkat Imamov OFK veb-saytiga bu borada quyidagicha fikr bildirdi:

– OFK bilan barcha yo‘nalishlardagi yaqindan hamkorlik samarasi o‘laroq O‘FAning qator loyiha va dasturlari mamlakatda ommaviy futbolni rivojlantirishda muhim o‘rin tutmoqda va futbolning do‘stlik hamda tinchlik elchisi sifatidagi o‘rnini mustahkamlamoqda. O‘FA OFKning barcha dasturlarida katta mamnuniyat ila ishtirok etadi.

Qayd etish joiz, O‘FA shuningdek, mamlakatda ayollar futbolini rivojlantirish, qolaversa imkoniyati cheklangan insonlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun ham amalga oshirilayotgan dasturlari uchun taqdirlandi.

Manba: ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FA OFKning ommaviy futbol rivoji bo‘yicha "kumush" toifa a’zolari safiga kiritildi