«Zenit» hujumchisi Artyom Dzyuba Rossiya chempionatining eng yaxshi to‘purari uchun kechayotgan kurash hali yakuniga yetgani yo‘q, deb hisoblamoqda. Ayni paytda u 13 ta gol bilan turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.
E’tiborlisi Rossiya terma jamoasining yetakchisi mahalliy OAVga bergan intervyusida hamyurtimiz haqida iliq fikrlarni bildirib, to‘purar uchun kechayotgan kurash xususida gapirdi.
- Yakuniy xulosani finish chizig‘iga yetib kelinganidan so‘ng chiqarish kerak. Kurash hali yakuniga yetgani yo‘q. Eldor Shomurodov nihoyatda yaxshi hujumchi, u menga juda yoqadi.
Kurashga yana Azmun qo‘shilishi mumkin. Albatta, bu qiziq bo‘ladi, kurashamiz. To‘pni kim yaxshiroq pozitsiyada bo‘lsa, o‘shanga uzatish kerak. Agar faqat gollar haqida o‘ylaydigan bo‘lsang, ular kelmaydi. Ochkolar jamg‘arish shart. Bu futbol qonuni, - deydi Dzyuba.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov to‘purarlar poygasida Dzyubadan so‘ng 11 ta gol bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi