Foto: «Paxtakor»
«Paxtakor» klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze jamoa o‘z oldiga qanday maqsadlar qo‘ygani haqida gapirdi.
«Osiyo Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lish, klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida to‘p surishni istaymiz. O‘zbek futbolchilarini Yevropa klublariga sotishni xohlayapmiz. Bularning hech biri hozirda biz barpo qilayotgan mustahkam poydevorsiz bo‘lmaydi. Men bilan Turkiya, Gruziya, O‘zbekiston va Niderlandiyadan bo‘lgan mutaxassislar ishlamoqda. Birgalikda klub falsafasini yaratyapmiz.
Ha, biz ko‘plab sovrinlar yutdik, biroq hakam hushtagidan keyin barchasi tarixga aylanadi. Klub poydevori endi shakllanmoqda: yangi stadion, baza va akademiya qurilmoqda. Dunyoning ko‘plab top-klublari bilan ishlaydigan Double Pass kompaniyasi bilan shartnoma tuzdik. Klubning rivojiga yordam berishlari uchun ularga katta pul to‘ladik», — deydi mutaxassis.
Arveladze 2017 yilning iyunida «Paxtakor»ni qabul qilib olgan. Mutaxassis «sherlar» bilan bronza (2017 yil) va kumush (2018) medallariga ega bo‘ldi, 2019 yilda mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.
Gruziyalik mutaxassis 2008—2010 yillarda Niderlandiyaning AZ klubida bosh murabbiy assistenti bo‘lgan. Shundan keyin Shota Turkiyaning «Kayserispor» (2010—2012), «Qosimposho» (2012—2015) va «Trabzonspor» (2015), shuningdek, Isroilning «Makkabi Tel-Aviv» (2016—2017) jamoalarini boshqargan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi