Foto: Yandex Photos
Yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Jon Jons promoushen prezidenti Deyna Uaytni tanqid ostiga oldi.
Avvalroq UFC rahbari dunyoning eng yaxshi jangchisi og‘ir vazn toifasi vakili Frensis Ngannuga qarshi kechadigan jang uchun aqlga sig‘mas pul so‘raganini aytgandi. Biroq Jonsning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar gonorar miqdorini muhokama qilmagan.
«Boshlig‘ing kamera qarshisida yolg‘on gapirayotganini tomosha qilish qiziq bo‘larkan. Biz gonorar miqdorini kelishishgacha bormagandik, chunki menga yetarlicha pul ishlab olishim mumkinligini bildirishdi. Men hech qanaqa raqam haqida gapirmadim.
Og‘ir vazn toifasiga o‘tayotganimda ham shartnomamni o‘zgartirishni istamadingiz, hech bo‘lmasa vijdonan yo‘l tuting va muxlislarga to‘g‘ri munosabatda bo‘ling», — deydi Jons.
Avvalroq Jons og‘ir vazn toifasiga o‘tish va Ngannu bilan jang qilishga tayyorligini aytgandi. O‘z navbatida kamerunlik sportchi ham bu chorlovni qabul qilgandi. Vaqt o‘tib Jons tashkilot bilan kelisha olmagani va yarim og‘ir vaznda qolishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi