Kecha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan professional futbol klublariga mashg‘ulot olib borishga rasman ruxsat etilgani haqida xabar berilgan edi. Shu bois, futbol jamoatchiligi ayni damda futbol musobaqalarining qachondan boshlab davom ettirilishi bilan qiziqishi tabiiy.
Kunning ikkinchi yarmida, kun tartibidan o‘rin olgan bir qator muhim masalalarni muhokama qilish maqsadida Superliga futbol klublari rahbarlari va bosh murabbiylari bilan onlayn videokonferensiya tashkil qilindi. Unda hozirgi kunda dolzarb bo‘lib turgan to‘rtta masala muhokama qilindi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Birinchi masala: Superliga klublari musobaqani qachondan davom ettirishadi?
Bosh murabbiylar bilan o‘tkazilgan videokonferensiya yig‘ilishida bu borada murabbiylarning fikrlari tinglandi. Ayni damda O‘zPFL klublar bosh murabbiylari fikrlarini inobatga olgan holda yakuniy qarorni O‘FA bilan kelishgan holda ma’lum qiladi.
Ikkinchi masala: U-21 jamoalari uchrashuvlari
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvlari odatdagidek, asosiy jamoalar uchrashuvidan bir kun avval o‘tkazilishi belgilandi.
Uchinchi masala: U-18 jamoalari uchrashuvlari
U-18 jamoalari o‘rtasidagi bahslar markazlashgan tizimda o‘tkaziladi. Bu borada taqvim tig‘izligi hamda jamoalarning bugungi kundagi moliyaviy imkoniyatlari inobatga olindi. Ushbu musobaqa o‘tkazilish tartibi va joyi kabi masalalar ishlab chiqilmoqda va bu haqda keyinroq batafsil xabar beriladi.
To‘rtinchi masala: Yozgi transfer oynasi sanasi
Yozgi transfer oynasi avvaldan belgilanganidek o‘zgarishsiz qoldi va ushbu jarayon 6 iyuldan 30 iyulgacha davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi