Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Mayk Tayson qo‘lqopsiz jang musobaqalarini tashkil etuvchi Bare Knuckle Fighting Championship (BKFC) musobaqasida ishtirok etishdan bosh tortdi, deya xabar berdi «BJPenn.com».
Taysonga braziliyalik Vanderley Silva bilan jangi uchun 18 million dollar taklif etishdi. Portalning ma’lum qilishicha, Mayk yalang‘och mushtlashishga tayyor emasligini aytib, bu taklifni rad etgan.
Yaqinda BKFC bilan shartnoma imzolagan Silva esa bu jangdan 10 million dollar ishlab olishini eshitib taklifni shu zahoti qabul qilgan.
May oyining oxirida Tayson restler shousida paydo bo‘ldi. U yerda Mayk bilan World Wrestling Entertainment (WWE) sobiq chempioni Kris Jeriko bir-biriga yov qarash qilib, haqorat qilishga tushdi. To‘qnashuv ommaviy janjalga aylanib ketdi. Lekin bokschi bilan restlerni ajratib qo‘yishga muvaffaq bo‘lishdi.
25 aprel kuni Tayson boksga qaytish niyati borligini bildirdi. Amerikalikning aytishicha, uni faqat xayriya musobaqalari qiziqtirmoqda. Mayk 2005 yildan beri ringga chiqmagan. Professional faoliyati davomida jami 50 marta g‘alaba qozonib (44 tasi nokaut), 6 marta mag‘lub bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar