00:13 / 15.06.2020
2 426

Ro‘ziqul Berdiyev: "Birinchi o‘rinni saqlab qolishga intilamiz, "Navbahor"dan ustunlik qildik"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Birinchi o‘rinni saqlab qolishga intilamiz, "Navbahor"dan ustunlik qildik"
Coca Cola Superligasi 4-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" (2:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9jaGFtcGlvbmF0LmFzaWEvdXovbmV3cy9iaXJpbmNoaS1vcmlubmktc2FxbGFiLXFvbGlzaGdhLWludGlsYW1pei1idWd1bmdpLW95aW5kYW4tb2xkaW4tdGFya2liaW1pemRhLWppZGRpeS15b3FvdGlzaC1ib3ItZWRpLW5hdmJhaG9yZGFuLXVzdHVubGlrLXFpbGRpay1yb3ppcXVsLWJlcmRpZXYtaXNodGlyb2tpZGFnaS1tYXRidW90LWFuanVtYW5p]bildirdi[/leech].
"3 oylik tanaffusdan keyin ikkala jamoa ham shiddatkor, mazmunli o‘yin ko‘rsatdi. "Navbahor" barcha o‘yinlarda qarshi hujumlarda o‘ynayotgan edi. Buni kutgandik. Shunga qaramay qayerdadir e’tiborni yo‘qotdik, ikkita qarshi hujumda gol o‘tkazib yubordik. Jamoam oxirigacha kurashdi. Raqibdan jismoniy tomonlama ustunlik qildik. Hozirgi holatimizdan kelib chiqib yomon o‘ynamadik.

Albatta musobaqa jadvalida birinchi o‘rinda turish doim yoqimli. Bu o‘rinni saqlab qolishga harakat qilamiz.

O‘zgarishlar o‘zini oqladi deb o‘ylayman. Murod Xo‘jamberdiyev va Husayin Norchayev debyut qilishdi. Kichik jarohati bor bo‘lsa-da Xaris Dilaverni tavakkal qilib hujumkorlikni kuchaytirish uchun maydonga tushirdik. Xaris asosan o‘z mamlakatida to‘p tepgan, Marko Stanoyevich esa ko‘plab chet el klublarida o‘ynagani uchun bizning jamoaga tezda moslashib ketdi.

Muxlislar ushbu bahsni markaziy deb hisoblashgandi, menimcha TV orqali tomosha qilgan muxlislar xursand bo‘lishdi.
Dilshod Saitov jarohat olgan va davolanmoqda. Bu biz uchun katta yo‘qotish.

"Navbahor" jamoasidan biz kutmagan variantlarni ko‘rmadik. Tarkibi ham, o‘ynash uslubi ham bir xil. Himoyada yaxshi himoyalanishdi.
Bizning rejamiz har bir o‘yinda maydonga tushib, g‘alaba qozonish. Bugun qanotlardan ko‘proq urg‘u berishga urindik. Muhitdinov va Mannonovni o‘ynatdik, ularda vaziyatlar bo‘ldi, ammo foydalana olmadik.

Karantin keyingi turlarga ta’sir qiladi albatta. Jamoalarda jarohat olganlar ko‘paymoqda. Bundan tashqari kutilmagan natijalar ham qayd etilmoqda.

Futbol muxlislar uchun o‘ynaladi. Stadionga muxlislar kelsa o‘yin saviyasi va darajasi boshqacha bo‘ladi. Hozir og‘ir davrni boshdan kechirayapmiz, sabr qilish kerak", - deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Birinchi o‘rinni saqlab qolishga intilamiz, "Navbahor"dan ustunlik qildik"