09:25 / 15.06.2020
2 357

Shota Arveladze "So‘g‘diyona"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

Shota Arveladze "So‘g‘diyona"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Coca Cola Superliga 4-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” hamda “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mehmonlar ustozi Shota Arveladze uchrashuv haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘yin kutganimizdek qiyin kechdi. Chempionatning to‘xtab qolgani yomon bo‘ldi. Endi avvalgi holatga qaytishimiz lozim. Juda sekin o‘ynadik, sur’atni oshirmadik. Bunga mezbonlar ham o‘yinni ko‘p to‘xtatib, sababchi bo‘lishdi. Mezbonlarni olqishlashim mumkin. Karantindan keyin yaxshi holatga qaytib olishga bir necha o‘yin kerak bo‘ladi. Har ikki bo‘limda ham sekin harakat qildik. Bundan ancha tez o‘ynay olamiz. Uch vaziyatda biz penalti tepishimiz mumkin edi. Holatni ko‘rib chiqib, e’tirozimni bayon qilishim mumkin”, - dedi gruziyalik mutaxassis.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze "So‘g‘diyona"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?