09:29 / 18.06.2020
2 031

Shota Arveladze: “Boshim aylanib, yuragim sanchar, qon qusardim” (4-qism)

Shota Arveladze: “Boshim aylanib, yuragim sanchar, qon qusardim” (4-qism)
“Paxtakor”ni muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Gruziya futboli afsonasi Shota Arveladze jurnalistlarga katta intervyu berib, Shon Konneri, Lui van Gal, Vaxtan Kikabidze kabi mashhurlar bilan munosabati, hayotidagi quvonchli lahzalar, qamoqda o‘tirgani, tergovga tortilgani, o‘lim tahdidi va boshqa ko‘plab qiziq voqealar haqida gapirib berdi.

Shuningdek, Gruziya, Gollandiya va Shotlandiya chempioni, “Paxtakor”ni chempionlik sari yetaklagan Shota Arveladze quyidagi qiziqarli ma’lumotlar haqida ham muxlislarga hech kim bilmagan faktlarni oshkor qildi:

Shota nega 23 yoshligida Ispaniyaning top klubi taklifini rad etgan?
Ronald de Bur uni “Ayaks”dagi ilk mashg‘ulotida qanday qutqarib qolgan?
Nega van Galni darvozabonsiz o‘ynashga undagan?


- Glazgoda Shon Konnerini uchratdingizmi?
- Chempionlar ligasida “Sparta” bilan safardagi o‘yinimizdan oldin mashg‘ulotimizga kelgandi. O‘shanda Pragada suratga tushayotgan ekan. Keyin bazamizga ham kelgan. Ronald de Bur “Oxirgi filmingizni ko‘rdim. Rasvo”, dedi. Shon Konneri: “Bu Amerika. U yerda muhimi daromad. Film 50 million foyda keltirdi”, - dedi. Hamma jim bo‘lib qoldi. Shunda men vaziyatni yumshatish uchun “Shon, siz de Burning oxirgi o‘yinini ko‘rdingizmi? Rasvo”, - dedim.

- Siz 2003 yili Rossiya bilan bo‘lgan o‘yinni nega televizor orqali tomosha qildingiz?
- Men terma jamoaning yangi murabbiyi Ivo Shushak bilan “Seltik” jamoasiga qarshi o‘yin tufayli uning ixtiyoriga kechroq borishga kelishib olgandim. Men Glazgodan Parij orqali Tbilisiga keldim. Tarkibda o‘zimni topa olmadim. Kech qolganim uchun kiritishmagan. Shart narsalarimni olib, bazadan chiqib ketdim. Hech kimga hech narsa demadim. Hayotimda birinchi marta shunday yo‘l tutdim. Albatta, bu noto‘g‘ri qadam bo‘ldi. Menga alam qilgandi. Lekin men hech kim bilan janjallashmadim. Sekingina ketdim. Biz g‘alaba qozondik. Agar yutqazganimizda hamma aybni menga ag‘darishardi.

Shushak meni Irlandiya bilan o‘yinga chaqirdi. Xuddi shunaqa vaziyat Kinkladze bilan yuz berdi. U ham tarkibda yo‘qligini bilib, narsalarini yig‘a boshladi. Qolishini so‘radim, ko‘ndirolmadim. Biz 0:2 hisobida yutqazdik. O‘yindan keyin o‘lib qolay dedim.

- Nima bo‘ldi?
— “Voltaren” degan dorini ko‘p iste’mol qilibman. Boshim aylanib, yuragim sanchardi. Man Iashvili kabi zaharlandim, deb o‘ylandim. Rosa ko‘p suv ichdim, lekin ahvolim og‘irlashib borardi. Oshqozondan qon kela boshladi. Qon qayt qilardim. Bizga hamrohlik qilgan moskvalik biznesmen Anzor Kikalishvili meni Dublindagi kasalxonaga zudlik bilan olib berish kerakligini aytdi. Shifoxonada to‘rt kun yotdim. Yaxshiyam, jamoa bilan Tbilisiga uchmaganim. Samolyotda biron nima bo‘lib qolishi mumkin edi.

- Gollandiyaga nega qaytdingiz?
- “Reynjers” bilan jiddiy hamkorligim bor edi, menga shartnomani uzaytirishni taklif qilishdi. Tizzam og‘rir edi. Jamoani xavfga qo‘ygim kelmadi. Bu erkak kishining ishi bo‘lmasdi. Rostgo‘yligimga hayron qolishdi va agar operatsiyadan keyin istasam shartnomani qayta taklif qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Men qaytib keldim. Oxirgi 10 ta o‘yinda sakkizta gol urdim, chempion bo‘ldik. Menga shartnoma taklif qilishdi. Lekin moliyaviy tomoni 75 foizga qisqargan edi. Bunaqa munosabatni hazm qila olmadim va “Ayaks” murabbiyi Denni Blindga qo‘ng‘iroq qilib, faoliyatimni uning jamoasida tugatmoqchi ekanimni aytdim. U klub rahbariyati bilan gaplashib ko‘rdi. Lekin ular shvetsiyalik Rozenbergni tanlashdi. O‘shanda menga Lui van Gal qo‘ng‘iroq qilib, AZga taklif etdi.

Davomi bor...

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: “Boshim aylanib, yuragim sanchar, qon qusardim” (4-qism)