Bir necha soatlar oldin yurtimizda bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze O‘FA rasmiy saytiga qur’a va raqiblar haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Menimcha, Eronga qarshi ochilish uchrashuvi qiziqarli kechadi. Qur’a yakunlariga ko‘ra Eron, Kambodja, Indoneziya bilan bir guruhdan o‘rin oldik. Yaxshi raqiblar tushdi. Eronni barcha yoshdagi terma jamoalari jismonan kuchli o‘yin namoyish etadi. Qolgan ikkita termani o‘yinlarini ham ko‘rib chiqamiz. Narigi guruhda ham qiziqarli o‘yinlar bo‘ladi.
Janubiy Koreya, Yaponiya, Iroq, Bahrayn. Asosiy maqsadimiz o‘z guruhimizda birinchi o‘rinni egallash. Keyingi bosqichda kim tushishidan qat’iy nazar o‘shanga qarab tayyorgarlik ko‘ramiz. Muhimi biz uyda o‘ynaymiz. Musobaqa o‘zimizda bo‘lib o‘tadi. Koronavirus bo‘lmaganida qur’a tashlash marosimi ham o‘zimizda o‘zgacha muhitda o‘tkazilgan bo‘lardi. Nasib qilsa muxlislarning daldasi bilan yaxshi tayyorgarlik ko‘rib oldimizga qo‘ygan maqsadimizga erishamiz",- deydi Timur Kapadze.
Manba: Ufa.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar