00:02 / 20.06.2020
2 046

Vadim Abramov: "Paxtakor"ga qarshi himoyaviy o‘yin namoyish etishimiz mumkin edi, ammo biz futbol o‘ynashni xohladik"

Vadim Abramov: "Paxtakor"ga qarshi himoyaviy o‘yin namoyish etishimiz mumkin edi, ammo biz futbol o‘ynashni xohladik"
Coca Cola Superligasining 5-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" (5:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.
"Paxtakor"ni tabriklayman. Hisob 0:5, menimcha natija o‘yinga mos emas, afsuski ba’zida shunday bo‘ladi. Bizning darvozaga yo‘llangan zarbalarning barchasi gol bilan tugadi. Ilk daqiqadanoq gol o‘tkazib yuborib o‘yinni boshlash og‘ir, ammo keyin o‘zimizga keldik, hatto hisobni tenglashtirishga yaqin kelgandik. 40-daqiqada himoyada parokandalik bo‘ldi va taymni 0:4 hisobida yakunladik.

O‘zimiz yaratayotgan vaziyatlardan unumli foydalanishimiz kerak. Bu mahorat bilan bog‘liq. Bugungidek yosh bolalarcha xatolarga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ikki hujumchimiz oldinga o‘tsa va to‘pni o‘ziga o‘nglay olmasa buni qanday izohlashni bilmayman.

To‘g‘ri bugun himoyaviy o‘yin namoyish etishimiz, o‘z jarima maydonimiz yoniga turib olishimiz mumkin edi. Ammo menimcha bunday o‘yinlarni targ‘ib qilmasligimiz kerak, yoshlar bugungidek o‘yinlar orqali o‘sishadi. O‘tgan yil "Paxtakor"ga qarshi munosib qarshilik qilgandik. Ha, "Paxtakor" safida mahoratli futbolchilar juda ko‘p, ammo biz yaxshiroq o‘ynashimiz kerak edi. Bu bizga dars bo‘lishi kerak.

Nurmuradov o‘yinga yaxshi kirishib keta olmadi deb o‘ylayman. Bundan tashqari himoyada sheriklariga yordam berishga shoshilmadi va uni almashtirishga qaror qildim.

Bugungi bahsga tayyorgarlik doirasida Dragan Cheran haqida yigitlarga ko‘p bor aytgandik. U jamoaning miyasi, yarim jamoa degandik. Afsuski ikki kun davomida aytganlarimiz 1-daqiqadayoq chippakka chiqdi va uning to‘p uzatishidan keyin gol urildi.

Cheranga alohida bir futbolchini biriktirsam bo‘lmasmidi? Bilasizmi "Paxtakor" bir hujumchi bilan o‘ynaydi, Cheran uning ortida harakat qiladi. Biz to‘rt himoyachi va yana bir Cheranga biriktirilgan futbolchi bilan o‘ynasak qachon hujum qilamiz? O‘yin oxirigacha himoyada o‘ynardik. Biz futbol o‘ynashni istadik. Agar yakun bo‘lganida natija boshqacharoq bo‘lishi aniq edi", - deydi Vadim Abramov.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "Paxtakor"ga qarshi himoyaviy o‘yin namoyish etishimiz mumkin edi, ammo biz futbol o‘ynashni xohladik"