"So‘g‘diyona" qanday noxush an’anasiga chek qo‘yganini bilasizmi?

"So‘g‘diyona" qanday noxush an’anasiga chek qo‘yganini bilasizmi?
O‘tgan turda o‘z maydonida “Paxtakor”ni mag‘lub etib qahramonlik ko‘rsatgan “So‘g‘diyona” jamoasi 5-turda ham yana o‘sha manzarni takrordi. Toshkentda “Lokomotiv”ga qarshi o‘tkazilgan muhim uchrashuvda Ulug‘bek Baqoyev boshchiligidagi jizzaxliklar 1:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Qizig‘i shundaki, bungacha ushbu jamoalarning oxirgi to‘qnashuvi o‘tgan mavsumda Jizzaxda o‘tkazilgandi va o‘sha bahsda ham Baqoyev jamoasi “Loko”ni mag‘lubiyatga uchrata olgandi. Ko‘rib turganingizdek, “So‘g‘diyona” ketma-ket ikkinchi bellashuvda ham “Lokomotiv”ni tiz cho‘ktirmoqda.

Yanada ahamiyatlisi shundaki, jizzaxliklar chempionatimiz bahslari davomida hali biror marta ham “Lokomotiv” maydonidan g‘alaba tugul, hatto durang bilan ham qayta olmagandi. Bu safar “So‘g‘diyona” yoqimsiz an’anasiga barham berdi va ilk bor “Loko”ning uyida g‘alaba qozonishning uddasidan chiqdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar