
Toshkentning "Lokomotiv" klubi og‘ir davrlarni boshdan kechirmoqda.
Klub karantindan keyingi ikki turni o‘z maydonida o‘tkazdi va ikkalasida ham mag‘lub bo‘ldi. Dastlab "Metallurg"ga 0:3 hisobida taslim bo‘lgan "temiryo‘lchilar", kuni kecha "So‘g‘diyona"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
"Lokomotiv" navbatdagi turni 25 iyun kuni Toshkent derbisi doirasida "Bunyodkor" mehmoni bo‘ladi. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, mazkur uchrashuvda "temiryo‘lchilar" g‘alaba qozona olishmasa Andrey Fyodorov iste’foga chiqariladi.
Fyodorov lavozimidan ketgan taqdirda uning o‘rniga ehtimoliy nomzod sifatida "Mash’al" va "Andijon" klublari sobiq ustozi Aleksandr Xomyakov ko‘rsatilmoqda. Rossiyalik murabbiy Coca Cola Superliganing 3-turidan so‘ng "Andijon"ni tark etgan va ayni paytda ishsiz.
Manba: championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar