
“Barselona” va Lionel Messi yana bir yildan so‘ng yakunlanadigan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarga kirishgan.
Dastlabki kelishuvga ko‘ra, tomonlar 1+1 tizimidagi shartnomani imzolaydi. Messi yangi shartnomada har mavsum 10 iyunga qadar hech qanday majburiyatlarsiz klubni tark etishi mumkinligi haqidagi band bo‘lishiga erishdi.
“Barsa” prezidenti Jozep Bartomeu futbolchining otasi Xorxe Messi bilan o‘tkazilayotgan muzokaralarda klub Leoning hozirgi maoshini saqlab qolish niyatidaligini aytgan. Ayni paytda Messi yiliga 30 million yevro atrofida maosh olmoqda.
BarselonaLionel MessiShartnoma MuzokaralariFutbol YulduziJozep BartomeuMaosh Saqlash O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar