Xalqaro olimpiya qo‘mitasi BMT va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda dunyoda COVID-19 bilan bog‘liq og‘ir vaziyatda odamlar salomatligini asrash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlab onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
Onlayn uchrashuvda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax COVID-19ni yengib o‘tish va insoniyatni undan asrashda sportning ahamiyati haqida gapirdi.
— Sport insoniyatni, hayotimizni qutqarishi mumkin, dedi u. — Keyingi bir necha oyda salomatlik va farovonlik uchun sport hamda jismoniy faollikning muhimligini yanada teranroq angladik. BMT va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda ish olib borish orqali oldinga yana bir qadam qo‘yamiz. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi insonlarni birlashishga, salomat bo‘lishga da’vat qiladi”.
O‘z navbatida, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreisus Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidentining fikrlarini e’tirof etdi.
— Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz, — dedi Tedros Adxanom Gebreisus. — Olimpiyachilar COVID-19 bilan kurashishga qodir. Boshqa odamlar ham shunday matonatli bo‘lishlari uchun sog‘lom turmush tarziga amal qilishlari kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)