
Foto: BBC
Buyuk Britaniyaning Goal nashri «Oltin to‘p»ga da’vogar futbolchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Ro‘yxatni hamon «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski boshqarmoqda. Ikkinchi pog‘onaga «Yuventus» futbolchisi Krishtianu Ronaldu (4-o‘rindan) ko‘tarilgan bo‘lsa, «Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne kuchli uchlikka yakun yasab bergan.
Qayd etish joiz, «Barselona» hujumchisi Lionel Messi kuchli uchlikni tark etib, bir pog‘ona pastlagan.
Nashr talqiniga ko‘ra «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi 10 nafar futbolchi:
1 (1). Robert Levandovski («Bavariya»);
2 (4). Krishtianu Ronaldu («Yuventus»);
3 (2). Kevin De Bryuyne («Manchester Siti»);
4 (3). Lionel Messi («Barselona»);
5 (5). Tomas Myuller («Bavariya»);
6 (8). Karim Benzema («Real»);
7 (6). Neymar (PSJ);
8 (7.). Erling Holand («Borussiya D»);
9 (9). Kilian Mbappe (PSJ);
10 (10). Jeydon Sancho («Borussiya D»);
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda mazkur sovrinni Lionel Messi qo‘lga kiritgandi.
Oltin To'pLionel MessiRobert LevandovskiKrishtianu RonalduKevin De BryuyneFutbolchilar Reytingi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar