Ma’lumki, sentabr oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘in tashkil qiladi. Xabaringiz bor, Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoamiz Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Ko‘pchilik muxlislar esa O‘zbekistonning ham kuchliroq termalar bilan o‘yin o‘tkazishini istayotganlari turgan gap. Bu borada gap ketar ekan, Vadim Abramov quyidagi fikrlarni ilgari surdi:
- O‘zimga qolsa, sentabrda Braziliya bilan kuch sinashgan bo‘lardim. Biroq FIFA xalqaro taqvimni tuzish chog‘ida OFK tasarrufidagi mamlakatlarning terma jamoalarini ajratib qo‘yadi. Qolaversa, yevropaliklarning o‘rtoqlik o‘yinlari o‘rnini bosishga mo‘ljallangan UYEFA millatlar ligasi turniri bor. Shu sabab FIFA kunlarida qo‘hna qit’adagi terma jamoalar bilan uchrashish deyarli ilojsiz ishdir. Chunki hatto futbol darajasi ancha kuchsiz bo‘lgan termalar bilan shunday paytda o‘rtoqlik bahsini o‘tkazishning umuman ilojini topa olmaysiz.
Shukurki, shunda ham vaziyatdan chiqib, Belorussiya bilan o‘yin o‘tkazishga ulgurdik. Bugungi kunda Yevropadagi terma jamoalardan biri bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazish yuzasidan kelishish juda mushkul ish. Shuning uchun butun e’tiborni bunga qaratish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda rahbariyatdan iloji boricha kuchli raqib topishni so‘rashdan boshqa choramiz yo‘q.
Agar o‘sishni maqsad qilgan ekanmiz, demak kuchli raqiblar bilan belashishimiz kerak bo‘ladi. Baxtga qarshi vaziyat taqozosiga ko‘ra, bizga kuchliroq raqiblarni topishning iloji bo‘lmayapti. Qolaversa, bunday ishlarda moliyaviy masala muhim ahamiyat kasb etmasdan qolmaydi. Shu sababdan ham butun e’tiborimizni o‘z o‘yinimizni kuchaytirishga qaratib, O‘zbekiston terma jamoasini JCHga tayyorlab boramiz, - dedi Abramov.
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi