
Birlashgan Arab Amirliklarining "Sharja" klubida faoliyat yuritayotgan Otabek Shukurov "Bunyodkor" mashg‘ulotlarida qatnashmoqda. Buni klub matbuot xizmati jamoaning "Navbahor"ga qarshi tayyorgarligi aks etgan fotolarda ko‘rish mumkin.

U sobiq jamoa tarkibida formasini ushlab turish uchun shug‘ullanmoqda. Sababi BAA chempionatida pandemiya tufayli tanaffus yuzaga kelgan. Shu bois O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi ayni paytda yurtimizda bo‘lib turibdi va Toshkentda "Bunyodkor" mashg‘ulotlarida qatnashmoqda. Avvalroq u Qashqadaryoda "Nasaf" futbolchilari bilan ham ma’lum vaqt shug‘ullangandi.

Manba: Sports.uz
Otabek ShukurovBunyodkorSharja KlubiBAA ChempionatiNavbahor QarshiQashqadaryo Nasaf O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar