15:45 / 06.07.2020
2 550

Tentaknamo yigit yana jang qiladi yoxud "UFC 251" dan qanday to‘qnashuvlar o‘rin olgan?

Tentaknamo yigit yana jang qiladi yoxud "UFC 251" dan qanday to‘qnashuvlar o‘rin olgan?
Ma’lumki, 12 iyul kuni BAAdagi "Jangchilar oroli"da 3 ta titul jangidan iborat "UFC 251" turniri bo‘lib o‘tadi.Markaziy jang esa, yarimo‘rta vazn toifasidagi chempion Kamaru Usman (16-1) UFC tomonidan maxsus "janjalkash va bezorilar" uchun ta’sis etilgan, BMF kamari egasi Xorxe Masvidal (35-13) ga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Aslida, Masvidalni o‘rnida Gilbert Byorns bo‘lishi kerak edi.

Lekin ushbu jangchida koronavirus aniqlanganligi bois, Uayt uning o‘rnini UFCning eng tentaknamo yigiti bilan to‘ldirdi. Shuningdek, ushbu qarama-qarshilikdan kam bo‘lmagan yana ikkita jang ham bor. Jumladan, yarim yengil vazn chempioni Aleksandr Volkanovski (21-1) - Maks Xollouey (21-5) o‘rtasidagi revansh va o‘ta yengil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun Pyotr Yan (14-1) hamda Joze Aldo (28-6) o‘zaro kuch sinashadi.

Xullas, ajoyib to‘qnashuvlarni guvohi bo‘lamiz. Mazkur jang kechasidan yana "somoncha" dvizioni vakilalari Rouz Namayunas (9-4)- Jessika Andrade (20-7) va super yengil vazn toifasida harakat qiladigan Amanda Ribas (9-1)-Peydj Vanzat (8-4) o‘rtasidagi jang ham o‘rin olgan.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tentaknamo yigit yana jang qiladi yoxud "UFC 251" dan qanday to‘qnashuvlar o‘rin olgan?