Coca Cola Superligasi 8-turi doirasida "Qo‘qon-1912" jamoasi mag‘lub etilganidan keyin AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘zining fikrlarini bildirib o‘tdi.
- O‘yin juda ham shiddatli va jangovar ruxda o‘tdi. Chunki, ushbu jamoalar turnir jadvalida ikkinchi, uchinchi o‘rinlarda kelishayotgandi. Shu boisdan birinchi bo‘lib gol urgan jamoa g‘alaba qozonishi kerak edi. Ikkinchi bo‘limda omadimiz keldi. O‘yinni biroz kuchaytirdik va tezda birinchi golni urib oldik. Ikkinchi golda esa, menimcha Sanjar rostdan ham yil golini urdi.
Shunday chiroyli goli bilan u jamoamizga g‘alaba keltirdi. 2:0 hisobini yomon ko‘raman. 1:0 paytida jamoa konsentratsiyani yo‘qotmaydi. Shuningdek, "Qo‘qon-1912" jamoasiga ham qoyil qoldim, ular ikki to‘p farqi bo‘lishiga qaramasdan oxirigacha kurashishdi. Bunday o‘yinlar orqali nafaqat futbolchilar, balki muxlislar va o‘zbek futboli ham yutadi.
- Bugungi o‘yinda Yovan Jokich markaziy himoyada o‘ynagani nima bilan bog‘liq?
- Umuman olganda hech nima bilan emas. O‘tgan o‘yinlarda masalan, Dilshod ham shu pozitsiyada o‘ynab turgandi. Jokich ham bunga qadar shu pozitsiyada o‘ynagan. Futbol shunday narsaki, hujumchi chap qanot himoyasida chap qanot himoyachisi bo‘lib o‘ynashi kerak. Himoyachi esa hujumda hujumchi bo‘lib o‘ynashi kerak. Qachonki futbolchilar doimo bir-birining o‘rnini to‘ldirib yursa, futbol yanada chiroyli bo‘ladi.
- Chap qanot himoyasi bilan bog‘liq muammo ham paydo bo‘ldi.
- Norbekov tezkor futbolchi. Qolaversa, Sa’dullada sariq kartochka bor edi. Shu sababdan uni almashtirdim. Negaki, tezkor futbolchi katta tezlik bilan yugurib ketayotgan paytda yiqitilsa, ikkinchi sariq va bu qizilga aylanib ketishi mumkin edi.
- Ushbu o‘yinni chempionatdagi eng yaxshi o‘yin deb e’tirof eta olasizmi? Chetdan qaraganda azartga boy o‘yin bo‘ldi.
- "Nasaf" bilan o‘yinda ham azart bo‘ldi. Hozirgi zamonaviy futbolda g‘alabaga erishish juda qiyin. Undan tashqari, buning uchun katta mehnat qilish kerak. Shu orqali inson xursandchilikni o‘ziga taqdim qiladi.
- "Qo‘qon-1912" o‘z maydonida hujumkor o‘yin ko‘rsatayotgandi. Restartdan keyin esa jamoa "Bunyodkor"ga qarshi o‘yinda jamoa himoyaga yotib oldi.
- "Bunyodkor"ga qarshi o‘yinni biz ko‘rib chiqdik. Mehmonda o‘ynaganini inobatga olsak, "Qo‘qon-1912" unchalik himoyaviy o‘ynagani yo‘q. So‘nggi daqiqalarda bo‘lgan avtogol esa futbolning bir qismi. Shuning uchun ham men bu gapga qo‘shilmayman.
- Demak, "Qo‘qon-1912"ning bugungi hujumkor o‘yini sizga syurpriz bo‘lmadi.
- Albatta yo‘q. Undan tashqari jamoa ikki nafar tayanch yarim himoyachi bilan o‘ynadi. O‘sha o‘yinda ham ikkinchi bo‘lim davomida sxemalar o‘zgargandi. Bu futbolda tez-tez uchrab turadigan murabbiyning falsafasi.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi