06:30 / 09.07.2020
1 879

Shomurodovni chorlayotgan jamoa kelasi mavsum Yevropa Chempionlar ligasida o‘ynaydi

Shomurodovni chorlayotgan jamoa kelasi mavsum Yevropa Chempionlar ligasida o‘ynaydi
O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni transferi bo‘yicha “Rostov”ga so‘rov yuborgan Belgiyaning “Gent” jamoasi kelasi yili UYEFA Chempionlar ligasida o‘ynaydi.

Joriy mavsumda Belgiya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli muddatidan oldin yakunlandi. 29-tur yakunlariga ko‘ra, 70 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadam bo‘lib turgan “Bryugge” chempion deb e’lon qilindi.

Bu “Bryugge” jamoasi tarixidagi 16-chempionlik bo‘ldi. Mazkur jamoa kelasi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Shomurodovni taklif qilayotgan “Gent” jamoasi Belgiya chempionati to‘xtatilgan pallada 55 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan edi. Uchinchi o‘rindagi “Sharlerua”ni bir, to‘rtinchi pog‘onadagi “Antverpen”ni ikki ochkoga ortda qoldirgan “Gent” vitse-chempion, deb e’lon qilindi. Shu tariqa, bu klub vakillari yangi mavsumda Chemponlar ligasi saralashining 3-bosqichida qatnashadigan bo‘ldi.

Qariyb 120 yillik tarixga ega bo‘lgan “Gent” klubi 30 yildan buyon mamlakat chempionatining yuqori ligasida ishtirok etib kelmoqda. Gent shahri sharafini himoya qilayotgan jamoa uch marotaba Belgiya kubogi sohibi bo‘lgan. Shuningdek, besh yil muqaddam “Gent” mamlakat chempionatida g‘olib chiqqan va Superkubokni qo‘lga kiritgan.

“Gent” Belgiyaning eng uchli jamoalaridan biri sifatida UYEFA Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi kabi nufuzli turnirlarda ishtirok etib keladi.

Hozircha, “Rostov” klubi va hujumchi Eldor Shomurodovning o‘zi “Gent” klubi taklifiga rasman munosabat bildirgani yo‘q. Shomurodovning bir necha marotaba Yevropaning kuchli chempionatlarida o‘ynash istagi borligini bildirgan. “Rostov” to‘purariga Germaniya Bundesligasidan ham takliflar bo‘layotgani haqida ma’lumotlar bor. Yevropala yozgi transferlar yaqinlashgani sari bunday chorlovlar ko‘p bo‘lishi kutilmoqda.

Eldor Shomurodov uchun joriy mavsum muvaffaqiyatli o‘tmoqda. U 11 ta gol urib, olti marta jamoadoshlarini golli pas bilan ta’minladi.

Manba: Sports.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)