21:16 / 15.07.2020
4 802

Habib Nurmagomedov va Jastin Getji jangi qachon va qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Habib Nurmagomedov va Jastin Getji jangi qachon va qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
Kollaj: «Daryo»
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov va vaqtinchalik chempion Jastin Getji o‘rtasidagi jang Abu-Dabidagi (BAA) «Jangchilar oroli»da o‘tkazilmaydi.

Sherdog‘ning xabar qilishicha, mazkur yakkakurashchilar ishtirokidagi UFC 253 musobaqasi AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi. UFC kechasi 19 sentabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Habib va Getji o‘rtasidagi jang Abu-Dabida bo‘lib o‘tishi aytilayotgandi.

Promoushen prezidenti Deyna Uayt yaqinda otasidan ayrilgan Habibning mazkur jangda ishtirok etishiga ishonmoqda. Shuningdek rossiyalik yakkakurashchining o‘zi ham kuzda oktagonga qaytishini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, Jastin joriy yilning may oyida Toni Fergyusonni mag‘lub etib, yengil vazn divizioni vaqtinchalik chempioniga aylangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedov va Jastin Getji jangi qachon va qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi