Coca Cola Superligasining 9-turida "Paxtakor" o‘z maydonida AGMKni qabul qildi va 0:2 hisobida ortda bora turib, 2 daqiqa ichida 2 ta gol urib hisobni tenglashtirdi. O‘yin esa 2:2 hisobida yakunlandi.
Keyinchalik ushbu uchrashuv muxlislar o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘la boshladi. Ular orasida ushbu bellashuv kelishilgan, degan fikrlar ham yo‘q emas. Bu borada O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
- "Paxtakor" — AGMK o‘yini haqida turli xil fikrlar bildirildi. Men uchrashuvni kelishilgan, deb o‘ylamayman. Birinchidan, bunga yetarli darajada asosim yo‘q. Ikkinchidan, uchrashuvni boshidan oxirigacha kuzatib bordim. Uchinchidan, hisob 2:2 bo‘lganida ham "Paxtakor" hujum qilishda davom etdi va faqatgina darvozabon sabab AGMK durangni saqlab qoldi.
Kelishilgan o‘yin uchun o‘zini ko‘rsatish niyatida bo‘lgan 19 yoshli futbolchining maydonga tushirilishi dargumon. O‘sha futbolchi golli uzatma berdi. Yana bitta vaziyatda gol urishi mumkin edi, tushunishimcha, shoshib qoldi. Ko‘p hollarda uchrashuvni to‘liq kuzatmagan odamlar uchrashuvni kelishilgan, deb aytishgandek tuyuldi. Bu ularning shubhasi, asos ham bo‘lsa, uni bizga taqdim etishlarini so‘raymiz.
Bir vaqtlar AGMK yoki "Metallurg" o‘yinlari masalasida hammamizda shubhalar bo‘lgan. So‘nggi ikki yilda ular ishtirokidagi o‘yinlarni ham alohida ko‘rishingiz mumkin. Duranglar, janjallar, Qosimovni qizil kartochka olishgacha olib boradigan asabbuzarliklar va hokazo.
Kecha "Arsenal" — "Liverpul" o‘yinini kim ko‘rdi? Agar shunday uchrashuv bizda bo‘lsa, biz Van Deyk va Alissonning ko‘zini aniqki ochirmasdik. Aslida esa yulduzlar ham xato qilib turadi. "Liverpul" chempionlikni naqd qilib qo‘ymaganida, katta ehtimol bilan ular bunday xato qilishmasdi, degan fikrim bor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi