
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) jahon terma jamoalarining 16 iyul holatiga ko‘ra, yangi reyting jadvalini e’lon qildi.
Ushbu reytingda O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi o‘rnini saqlab qolib, ro‘yxatning 85-pog‘onasidan joy olgan. Osiyo mamlakatlari terma jamoalari o‘rtasida bu 12-ko‘rsatkichdir. O‘zbekiston Markaziy Osiyo vakillari orasida Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan yuqorida bormoqda.
Osiyo jamoalari o‘rtasida jahon reytingida 28-pog‘onada qayd etilgan Yaponiya peshqadam. Eron va Janubiy Koreya futbolchilari qit’amizning kuchli uchligidan joy oldi.
Jahon reytingida Belgiya, Fransiya va Braziliya terma jamoalari yetakchilik qilmoqda.
Kuchli o‘nlik bilan tanishing:
1 (1). Belgiya — 1765 ochkov
2 (2). Fransiya — 1733
3 (3). Braziliya — 1712
4 (4). Angliya — 1661
5 (5). Urugvay — 1645
6 (6). Xorvatiya — 1642
7 (7). Portugaliya — 1639
8 (8). Ispaniya — 1636
9 (9). Argentina — 1623
10 (10). Kolumbiya — 1622…
O‘zbekiston Milliy TermaJahon ReytingiOsiyo JamoalariFIFA ReytingiMarkaziy OsiyoKuchli O‘nlik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar