
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 120 kg gacha vazn toifasidagi erkin kurashchi Bilol Maxovga 2012 yil London olimpiadasining oltin medalini topshirishi to‘g‘risida qaror chiqardi.
London olimpiadasida Artur Taymazov g‘oliblikni qo‘lga kiritib, u final bahsida gruziyalik David Modzmanishvilidan ustun kelgandi.
Lekin ularning doping-sinamalarida taqiqlangan moddalar aniqlangach, turnir yakunlari qayta ko‘rib chiqildi. Natijada Taymazov va Modzmanishvili antidoping qoidabuzarligi uchun diskvalifikatsiya qilinib, "London-2012"dagi natijalari bekor qilingan. Shu tariqa, oltin medal turnirning bronza medali sovrindori Maxovga berildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston nomidan 2004, 2008 va 2012 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan Taymazov barcha uchta olimpiya oltin medalidan mahrum bo‘lgan, chunki uning hamma doping-sinamalarida taqiqlangan moddalar topilgan. Sportchi esa o‘zining nomi va obro‘sini CAS Oliy arbitraj sport sudida himoya qilish huquqidan voz kechgan.
Olimpiya O'yinlariArtur TaymazovBilol MaxovDoping QoidabuzarligiOltin MedalLondon Olimpiadasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar