07:00 / 19.07.2020
3 010

Yuriy Belous: Jaloliddinov bir necha yil davomida “Lokomotiv” (Moskva) o‘yinini belgilaydi!

Yuriy Belous: Jaloliddinov bir necha yil davomida “Lokomotiv” (Moskva) o‘yinini belgilaydi!
Moskvaning “Lokomotiv” jamoasiga ko‘chib o‘tayotgan “Bunyodkor” futbolchisi Jasur Jaloliddinov manfaatlarini himoya qilayotgan mutaxassis Yuriy Belous Rossiya ommaviy axborot vositalariga futbolchi haqida ma’lumot berdi.

- Jurnalistlar “Lokomotiv”ning “Bunyodkor” bilan Jaloliddinov bo‘yicha kelishuvga erishganini yozishmoqda. Bu haqiqatmi?
- Ha bu ayni haqiqat. U o‘z tengqurlari orasida (2002 yilda tug‘ilganlar) eng iste’dodlisi va Osiyoda eng kuchli besh futbolchidan biri. The Guardian ekspertlari bahosiga ko‘ra, o‘z yoshida dunyoning eng yaxshi 60 nafar futbolchisi ro‘yxatiga kiritilgan. Jasur ajoyib futbolchi. Shubhasiz.

- Intervyularning birida Jaloliddinov uning manfaatlarini aynan siz himoya qilishingizni aytgan edi. Haqiqatan ham shundaymi?
- Ha bu ma’lumot ham to‘g‘ri.

- Jaloliddinov “Kazanka” uchun olindimi yoki “Lokomotiv”ning asosiy tarkibida o‘ynaydimi?
- Bu futbolchi, men uchun Joao Mariodan kuchliroq.

- Haqiqatan shunaqami?
- Ha. Men bu futbolchi yaqin bir necha yil davomida “Lokomotiv” o‘yin uslubini belgilashiga aminman.

Shuningdek, maqolada Jasur Jaloliddinov “Bunyodkor”ning asosiy tarkibida 2019 yildan buyon o‘ynayotgani va o‘nta uchrashuvda bitta gol urgani, 18 yoshli futbolchi O‘zbekiston terma jamoasida debyutini nishonlagani haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yuriy Belous: Jaloliddinov bir necha yil davomida “Lokomotiv” (Moskva) o‘yinini belgilaydi!