21:57 / 21.07.2020
2 276

Konor Makgregor Monako malikasi bilan suv velosipedida 180 kilometrlik turda qatnashadi

Konor Makgregor Monako malikasi bilan suv velosipedida 180 kilometrlik turda qatnashadi
Foto: Instagram
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Monako knyaginyasi Sharlen bilan birgalikda suv velosipedida 180 kilometrlik turda qatnashadi.
Irlandiyalik sportchi malika bilan suv velosipedida kichik sayr uyushtirgan. Uning ta’kidlashicha, sentabr oyida katta tur tashkil etiladi.

«Monako malikasi Sharlin bilan suv velosipedida poyga o‘tkazish uchun ajoyib kun. Mohir sportchi va olimpiyachi, biz 180 kilometrlik sayohat uyushtirish uchun sentabr oyida yana birlashamiz. Bu onlarni intiqlik bilan kutaman! Bu oilam uchun buyuk kun bo‘ldi, tashakkur, hazrati Oliyalari», — deya yozadi Makgregor.

32 yoshli yakkakurashchi MMA’dagi faoliyatini 2008 yilda boshlagan. Konor so‘nggi jangini 2020 yilning yanvarida o‘tkazib, unda Donald Serroneni 40 soniya ichida nokautga uchratgandi. Irlandiyalik sportchi MMA’da 26 jang o‘tkazib, 22 g‘alaba va 4 mag‘lubiyat qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Konor Makgregor Monako malikasi bilan suv velosipedida 180 kilometrlik turda qatnashadi