RPL. Azmun mavsumning eng yaxshi to‘purari, Shomurodov esa kuchli beshlikka ham kira olmadi

RPL. Azmun mavsumning eng yaxshi to‘purari, Shomurodov esa kuchli beshlikka ham kira olmadi
Foto: Twitter
«Zenit» hujumchisi Sardor Azmun 2019/20 yilgi Rossiya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Eronlik futbolchi «Zenit» safida 17 (1 tasi penaltidan) bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi. Sankt-Peterburg klubining boshqa bir hujumchisi Artem Dzyubaning hisobida ham xuddi shuncha gol bor, biroq rossiyalik futbolchi gollarining 7 tasini penaltidan urgan.

Shu bois Azmunga ilk marta musobaqaning eng yaxshi to‘purari sovrini berildi. To‘purarlar poygasida uchinchi o‘rinni Tulaning «Arsenal» klubi hujumchisi Yevgeniy Lutsenko egalladi, u 28 ta o‘yinda 15 ta gol urgan.
RPL. Azmun mavsumning eng yaxshi to‘purari, Shomurodov esa kuchli beshlikka ham kira olmadi
Foto: RPL
«Rostov»ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov esa 11 ta gol bilan to‘purarlar poygasida 7-o‘rindan joy oldi. Qayd etish joiz, Eldor so‘nggi bor 29 fevralda gol urgandi. Shundan so‘ng u ketma-ket 8 ta o‘yinda gol ura olmadi.

Mavsum yakunlariga ko‘ra, «Zenit» chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kuchli uchlikni «Lokomotiv» va «Krasnodar» yakunlab berdi. «Orenburg» va «Krilya Sovetov» esa musobaqani tark etdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar