05:30 / 27.07.2020
2 095

«Yuventus» – qatorasiga 9-bor A Seriya chempioni

«Yuventus» – qatorasiga 9-bor A Seriya chempioni
Foto: Twitter/JuventusFC
A Seriyaning 36-turida «Yuventus» o‘z maydonida «Sampdoriya»ni mag‘lub etdi (2:0) va muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirdi. Jamoaning gollariga Krishtianu Ronaldu va Federiko Bernardeski mualliflik qilishdi.

Shunday qilib, Turin klubi ochkolarini 83taga yetkazib, chempionat yakuniga 2 tur qolganida eng yaqin ta’qibchisi
«Inter»dan 7 ochkoga o‘zib ketdi va qatorasiga 9-bor Skudettoni qo‘lga kiritdi.

"Yuventus" Italiya A Seriyasi unvonini muddatidan oldin qo‘lga kiritganidan so‘ng, jamoa kiyinish xonasida chempionlikni nishonladi.

Yuventus – Sampdoriya 2:0
Gollar:
Ronaldu (45+7), Bernardeski (67).
Amalga oshirilmagan penalti: Ronaldu (89).
Yuventus: Shesni, Aleks Sandro, de Ligt (Rugani, 78), Bonuchchi, Danilo (Bernardeski, 29), Rabo, Matyuidi, Pyanich (Bentankur, 78), Kuadrado, Dibala (Iguain, 40), Ronaldu.
Sampdoriya: Audero, Tonelli, Shabo (Leris, 22), Aujello, Depaoli, Yankto (Gabbiadini, 74), Torsbi, Ramires (Maroni, 90+1), Linetti, Yosida, Kualyarella.
Ogohlantirishlar: Pyanich (45), Torsbi (45+3), Tonelli (45+6), Yankto (66), Bernardeski (69), Kuadrado (80), Rabo (86), Depaoli (88).
Chetlatish: Torsbi (74).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Yuventus» – qatorasiga 9-bor A Seriya chempioni