
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov va vaqtinchalik chempion Jastin Getji o‘rtasidagi jang 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda promoushen matbuot xizmati ma’lum qildi.

Habib va Getji o‘rtasidagi jang UFC 254 musobaqasining asosiy voqeasi bo‘ladi.
Rasmiy posterda jang qayerda bo‘lib o‘tishi ko‘rsatilmagan. Avvalroq UFC 254 Abu-Dabidagi «Jangchilar oroli»da o‘tkazilishi xabar qilingandi.
Mazkur jang avvaliga 19 sentabr kungi UFC 253 musobaqasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Biroq rossiyalik yakkakurashchining otasi Abdulmanap Nurmagomedovning o‘limi sabab bellashuv qoldirilgandi.
31 yoshli Getji MMA’da 24 ta jang o‘tkazib, ularning 22 tasida (20 muddatidan avval) g‘alaba qozongan va ikki bor mag‘lub bo‘lgan.
31 yoshli Nurmagomedov esa MMA’da jami 28 bor oktagonga chiqqan va ularning barchasida g‘olib bo‘lgan (18 ta muddatidan avval).
Jastin UFC 249 musobaqasida Toni Fergyusonni taslim etib, yengil divizionning vaqtinchalik chempioniga aylangandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar