O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Oston O‘runovning «Ufa»dan «Spartak»ka o‘tishiga o‘z munosabatini bildirdi.
«O‘runov bilan uning «Spartak»ka o‘tishi haqida gaplashmagandik. Uning o‘z agentlari bor. Shaxsan men uchun O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosining «Spartak»dek buyuk klub safiga o‘tishi yoqimli bo‘ldi. Umid qilamanki, bu unga foydali bo‘ladi, u esa milliy jamoa uchun naf keltiradigan o‘yinchiga aylanadi.
Oston «Spartak»da ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib, munosib o‘yin namoyish etadi, deb o‘ylayman. U «qizil-oqlar» safidagi birinchi o‘zbek emas. Shunday ekan, u o‘zbekistonlik futbolchilarning munosib izdoshi bo‘lishiga umid qilaman.
Shubhasiz, uning qarorini qo‘llab-quvvatlayman. Albatta, Ostonning doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmasligi xavfi ham bor, buni ham inobatga olish kerak. Shunga qaramay, u o‘ziga xos iqtidorga ega va buni «Spartak»da ham ko‘rsata olsa ajoyib bo‘lardi.
Har bir narsaning plyus va minuslari bo‘ladi. Agar Oston «Spartak»da o‘yin amaliyotisiz qolib ketsa, tabiiyki O‘zbekiston milliy jamoasida uning o‘rniga boshqa futbolchi o‘ynaydi.
Oston bilan yo‘llarimiz avval kesishgan. Ammo o‘shanda olimpiya jamoasining saralash o‘yini bois, men uni milliy jamoadan olimpiyachilar safiga qo‘yib yuborgandim. U bilan hali bafurja gaplashib olganimiz yo‘q. O‘runov O‘zbekiston milliy jamoasida o‘ynaganida murabbiy men emas, Ektor Kuper bo‘lgan.
O‘runovning yosh ekanligi haqida gapiradigan bo‘lsam, hammasi oddiy. Kimdir yoshroq vaqtida porlaydi, kimgadir esa porlash payti kechroq kelishi mumkin. Bu borada oltin oraliq bo‘lmaydi. Oston «Spartak»da o‘ynab keta olsa, demak barchasi to‘g‘ri bo‘ladi. O‘ynab keta olmasa, uning katta klubga o‘tishiga hali vaqtli ekanligi haqida gapirganlar haq bo‘lib chiqadi», - deydi Vadim Karlenovich VseProSport.ru saytiga bergan intervyusida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...