
Foto: Twitter
«Yuventus» yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi.
Klubning sobiq futbolchisi, 41 yoshli Andrea Pirlo shu lavozimga tayinlandi.
Avvalroq, Pirloning «Yuventus U23» bosh murabbiyi bo‘lishi haqida qaror qabul qilingan edi. Ammo asosiy jamoa Chempionlar Ligasi 1/8 finalida «Lion» to‘sig‘idan o‘ta olmagach, bosh murabbiy Mauritsio Sarri iste’foga chiqarib yuborildi. «Yuventus» rahbariyati esa yosh mutaxassisga asosiy jamoani topshirishga qaror qildi.
Andrea Pirlo 2011-2015 yillarda futbolchi sifatida «Yuventus» sharafini himoya qilgan va 120ta o‘yinda maydonga tushib, 16ta gol urgan.
YuventusAndrea PirloBosh MurabbiyFutbolchiChempionlar LigasiYangi Tayinlangan O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar