Janubiy Koreya - O‘zbekiston o‘yini Tedjon shahrida o‘tadi

"Jungdo ilbo" internet nashrining yozishicha, 27 mart kuniga rejalashtirilgan Janubiy Koreya - O‘zbekiston o‘yini Tedjon shahrida joylashgan "Tedjon World Cup stadium" stadionida bo‘ladi. Bu haqda bugun Tedjon shahar hokimiyati ma’lum qilgan.
O‘yin boshlanish vaqtini esa juma ish kuniga to‘g‘ri kelganligi tufayli 19:00-21:00 oralig‘iga belgilash rejalashtirilgan. Janubiy Koreya futbol asssiyasiyasi ushbu o‘yingohda xalqaro o‘yinlar o‘tkazilganiga ancha vaqt bo‘lganligi tufayli O‘zbekiston bilan o‘yinni aynan shu erda o‘tkazishga qaror qilgan. Bu o‘yingohda oxirgi marta bundan o‘n yil avval 2005 yil 31 iyul kuni Janubiy Koreya - Xitoy o‘yini o‘tkazilgan.
Bundan tashqari ushbu shaharning "Tedjon Sitizen" klubi yangi mavsumdan key-ligada qatnashishini inobatga olib, shahar aholisini stadionlarga chaqirish uchun o‘ziga xos rag‘bat ko‘rsatish ham maqsad qilingan.
Internet nashri xabariga ko‘ra, futbol assosiyasiyasining bu muruvvati evaziga 27 mart kuni bo‘ladigan o‘yin xarajatlari uchun Tedjon shahar hokimiyati Janubiy Koreya futbol assosiyasiyasi hisob raqamiga 200 million von (taxminan 180 ming AQSh dollari) miqdoridagi pulni o‘tkazib berishi lozim.
Otabek Yo‘ldoshev
Janubiy Koreya, Seul
Manba: www.stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing