14:30 / 18.08.2020
1 068

Vadim Abramov: «PFL oldidagi qarzimiz tufayli Xurshid G‘iyosovni ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapmiz»

Vadim Abramov: «PFL oldidagi qarzimiz tufayli Xurshid G‘iyosovni ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapmiz»
Foto: «Bunyodkor»
«Bunyodkor» bosh murabbiyi Vadim Abramov Coca-Cola Superliga 10-turidan o‘rin olgan «Metallurg»ga qarshi o‘yindan (2:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- "Bahs qiziqarli kechdi. Yigitlarga o‘yin uchun rahmat, munosib o‘yin ko‘rsatishdi. Odatda 2-bo‘limda yaxshi o‘ynay olmasligimizni aytishardi, bu gal aksincha, 2-bo‘limda yaxshiroq o‘yin namoyish etdik. Futbol shundayki, unda kichik detallar ham muhim rol o‘ynaydi. Yaxshi zarba yo‘llandi va barchasi o‘zgarib ketdi.

Taqvimning tig‘izligi bizda birinchi marta kuzatilyapti, ko‘ramiz. Afsuski, zaxira bo‘yicha ayrim muammolar bor. Masalan, G‘iyosovni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaymiz. Klubni PFL oldida qarzlari mavjud. G‘alati, lekin shu boisdan uni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaymiz.

Klubning Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tishi? Fikrimcha, bu noto‘g‘ri. Jamoa futbolchilari imkon qadar xalqaro maydon uchun o‘z o‘yinlarini o‘stirib, rivojlantirib borishlari lozim. Hozirgi holatda PFL ligamiz kuchliroq bo‘lishi uchun harakat qilishi kerak. Bizga aytishlaricha, «Bunyodkor» Osiyo Chempionlar Ligasida qatnashmaydi. Bunday holatda qanday qilib futbolchilarni ruhlantirish mumkin? Chempionat xalqaro maydondagi uchrashuvlar evaziga kuchayishi mumkin. Bundan tashqari, futbolni rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori ham mavjud. Unda 2030 yilga qadar deb yozilgan. Hozir hech kim klublarni sotib olishga oshiqmayapti. Buni kengaytirilgan tarkibda yig‘ilib muhokama qilish kerak", - Vadim Abramov.

«Bunyodkor» ushbu g‘alabadan keyin 20 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Qaldirg‘ochlar» keyinni turni 20 avgust kuni «So‘g‘diyona»ga qarshi o‘tkazadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)