
“Rostov” bosh murabbiyi Valeriy Karpin jamoasining o‘yini va futbolchilar haqida fikr bildirdi. U Shomurodov gol ura olmayotganiga haqidagi savolga ham javob berdi.
- Avvalo, nima bo‘layotganini tushunish lozim. Hozir Shomurodov o‘zining avvalgi sport formasiga yaqinlashib qoldi. O‘z navbatida, mavsumga tayyorgarlik ham pandemiya tufayli o‘tgan yilgidek bo‘lmadi. Buning ta’siri bor. O‘ylashimcha, Eldor endigina o‘z darajasiga ko‘tarila boshladi. Albatta, hujumchi gol urishi shart. Har o‘yinda qulay vaziyat yaratilyapti, lekin gol urishda oqsayapmiz. Shomurodov, avvalo, bizga gollar uchun kerak, bundan tashqari, u maydonda katta hajmdagi ishlarni bajarmoqda. Unga e’tiroz bo‘lishi mumkin emas, - dedi Valeriy Karpin.
Eldor Shomurodov fevral oyidan buyon raqib darvozasiga yo‘l topa olmayapti.
Valeriy KarpinEldor ShomurodovRostov jamoasifutbol o‘yinigollar uchunsport formasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar