18:30 / 03.09.2020
3 388

Messi tiz cho‘kdimi? Xorxe o‘g‘lining “Barsa”dan ketolmasligini tan oldi

Messi tiz cho‘kdimi? Xorxe o‘g‘lining “Barsa”dan ketolmasligini tan oldi
Xorxe Messi ilk bor Leo faoliyatini “Barselona”da davom ettirish ehtimoli katta ekanini tan oldi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu bilan uchrashgan Xorxe Messi o‘g‘li klubni erkin agent sifatida tark eta olmasligiga ishonch hosil qilgan. Klub rahbari argentinalik hujumchi ketishi uchun shartnomada belgilangan 700 million yevro miqdorida badal puli to‘lanishi shart ekanini, shundoq ketsa ish sudga oshirilishini uqtirgan.

Ayni paytda tomonlar Messining shartnoma yakunlangunicha uni jamoada qolishi masalasi muhokama qilishga tayyorlanmoqda. Avvalroq, Lionel Messining o‘zi ham klubdan osonlikcha keta olmasligini tushunib yetgani haqida xabarlar tarqatilayotgan edi. Qolaversa, “Barselona” yulduzini qo‘lida uni o‘ziga chorlayotgan birorta aniq taklif ham yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi tiz cho‘kdimi? Xorxe o‘g‘lining “Barsa”dan ketolmasligini tan oldi