23:40 / 03.09.2020
1 800

Usmon Toshev: "Bugun 1-2 nafar asosiy tarkib futbolchimiz o‘ynamadi"

Usmon Toshev: "Bugun 1-2 nafar asosiy tarkib futbolchimiz o‘ynamadi"
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Usmon Toshev matbuot anjumanida qatnashdi.
"Birinchi o‘rinda katta mehmondo‘stlik bilan kutib olganingiz uchun rahmat! Ushbu uchrashuvning tashkiliy ishlari oson bo‘lmadi. Shunga qaramasdan o‘yinni o‘tkazib oldik. Bizga kerakli bo‘lgan uchrashuvni o‘tkazdik. Futbolchilarning harakatlari yomon emas. Bu 6-7 oy ichidagi birinchi o‘yinimiz hisoblanadi. Tempni ushlash biz uchun qiyinroq bo‘ldi. Futbolchilarni maydonda o‘zaro til topishishi va jamoaviy o‘yinning ayrim vaziyatlarida ko‘rindi",- deya gap boshladi Usmon Toshev.

- Bilamizki, Jaho chempionati saralash o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirilgan. Shundan kelib chiqib tayyorgarlik jamoangiz uchun qanday bo‘ladi? Saralash bahslari yanvar oyida markazlashgan holatda o‘tkazilishi mumkin ekan...
- Albatta, istasak istamasak ta’sir qiladi. Chunki, orada katta uzulish bo‘ldi. O‘rtoqlik uchrashuvlari orqali futbolchilarni jismoniy holatini ushlashga harakat qilamiz. Lekin, qiyin bo‘ladi. Boisi futbolchi o‘ylagan narsasini jismoniy holati sustroq bo‘lsa amalga oshira olmasligi mumkin. Rejamizdan oktabr va noyabr oylarida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkillashtirish o‘rin olgan. Boshqa ilojimiz yo‘q.

- O‘zbekiston terma jamoasida ekspremental tarkib o‘ynadi. Siz jamoangizda qay darajada eksprementga qo‘l urdingiz?
- O‘zbekiston terma jamoasida juda ko‘p futbolchilar bor. Tanlash imkoniyati keng. Asosiy jamoamiz shu, 1-2 nafar asosiy tarkib futbolchilari kela olmadi. Shuningdek asosiy darvozabonimiz o‘ynamadi. Ekspremental tarkib yo‘q edi. To‘g‘ri, bugun uchta bolamiz yangi edi. Lekin, o‘yinda 50 foiz kuch bilan o‘ynadi. Chunki, hayajon ham bor edi. Yig‘ilgan futbolchilar asosiy tayyorgarlikni o‘z klublarida o‘tashdi.

- Tojikiston terma jamoasini guruhidagi prinsipial raqibi Qirg‘iziston. Ayni holatda ikkinchi o‘rinni egallash imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Bizda ikkinchi o‘rinni egallash uchun muammo yo‘q. Guruhidan chiqishda muammo bor deya olaman. Myanma bilan o‘yinda yutqazgandik. Ikkinchi o‘rinni olsangiz foydasi bo‘lmasligi mumkin. To‘rtta eng yaxshi ikkinchi o‘rin egalari keyingi bosqichga chiqsa ochkolar yetishmasligi mumkin.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Usmon Toshev: "Bugun 1-2 nafar asosiy tarkib futbolchimiz o‘ynamadi"