3 324
Arnold Shvarsenegger va Jorj Bush olqishlagan o‘zbekistonlik pahlavon kimligini bilasizmi?
Dunyodagi eng kuchli polvonlardan biri, o‘zbekistonlik Faxriddin Axnazarov Gomel (Belarus) shahri sirkida boshlanadigan yangi kuzgi mavsumda eng asosiy chiqishlardan birini amalga oshiradi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.
«Gomelskiye vedomosti»ning yozishicha, tomoshabinlar uni har doim katta hurmat bilan tik oyoqda turib kutib oladi. Muallifning ta’kidlashicha, o‘zbek polvonining bir necha ko‘rsatkichi allaqachon Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan.
Faxriddin Axnazarov oddiy inson kuchi yetmaydigan ishlarni bajarishga qodir: u qo‘li bilan yog‘ochga mix qoqa oladi, tishlari bilan 500 kilogramm yukni va bitta barmog‘i bilan 50 kilogrammlik toshni ko‘taradi.
Birlashgan Arab Amirliklaridagi gastrol safarida u yuk bilan to‘ldirilgan sakkizta og‘ir yuk mashinasini torta olgan, deb xabar bergan «Gomelskiye vedomosti».
O‘z vaqtida o‘zbekistonlik pahlavonni amerikalik kino yulduz va Kaliforniyaning sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger, AQSHning 43-prezidenti Jorj Bush va boshqa taniqli shaxslar olqishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi