19:21 / 21.09.2020
2 608

Andrey Kanchelskisning kechagi gaplariga No‘’mon Hasanovdan javob

Andrey Kanchelskisning kechagi gaplariga No‘’mon Hasanovdan javob
"Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis kecha "Andijon" bilan uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida klubda nima ishlar bo‘lganini, "Lokomotiv" bilan o‘yindagi holat achinarli ekanligi haqida fikr bildirdi.

Barchangizga ma’lumki, Andrey Kanchelskis kasallikdan tuzalib jamoa boshqaruviga qaytguniga qadar uning yordamchisi No‘’mon Hasanov murabbiy sifatida maydonga olib tushayotgan edi. Xo‘sh, aslida nima bo‘lgan edi? Biz bu borada No‘’mon Hasanovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Paxtakor" bilan o‘yinda durang o‘ynadik, uchrashuvga jamoani o‘zim tayyorladim. Hokim "Lokomotiv" bilan o‘yinga ham o‘zingiz tayyorlang dedi. Natijada raqibning o‘yin uslubi va imkoniyatlaridan kelib chiqib taktika tuzdim, futbolchilarni qaysi chiziqlarga joylashtirishni ko‘rib chiqdim. "Lokomotiv" bilan o‘yinga 1-2 kun qolganda Kanchelskis Azim Ahmedovning joyini o‘zgartirishni aytdi. Natijada o‘zim istagan tarkibni tushirmadim. O‘yin davomida amalga oshiriladigan zahiralarni ham Kanchelskisning o‘zi qo‘ng‘iroq qilib aytib turdi.

Lekin, kecha matbuot anjumanida bo‘lmagan gaplarni aytgani meni ranjitdi. Men murabbiyni yomonlamoqchi emasman, nima bo‘lganda ham u bosh murabbiy, men yordamchi. "Lokomotiv" bilan o‘yinga bitta futbolchini joyini o‘zgartirish orqali taktika ham o‘zgarib ketdi, futbolchilarni ruhiyati tushib ketdi.

Mana, "Andijon" bilan o‘yinga jamoani o‘zi tayyorladi, o‘zi taktika tuzdi. Azim Ahmedovni markaziy himoyaga qo‘yishimni sababi, Igor Golbanni yonida o‘ynaydigan futbolchi kerak edi. Ya’ni "Loko"ni o‘yin uslubidan kelib chiqib. Bilasiz, raqib safida Marat Bikmayev va Temurxo‘ja Abduxoliqov kabi o‘ta kuchli hujumchilar o‘ynaydi. Maqsad ularning bemalol o‘ynamasligiga qaratilgan edi.

Bitta futbolchini joyi almashishi ko‘p narsani o‘zgartirib yuboradi. Markaziy himoyada esa muammolarimiz bor edi. "Andijon"ni yuta olmadik, shunday bo‘lsada "Lokomotiv" bilan o‘yinni kavlashtirib keraksiz gaplarni aytish shart emas edi. Hozir aybdor men bo‘lib qolayotganim tushunarsiz holat. Har qanday holatda ham erkaklarcha ish tutish kerak", - deydi No‘’mon Hasanov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Kanchelskisning kechagi gaplariga No‘’mon Hasanovdan javob