
Foto: «Paxtakor» FK
Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasining Chempionlar Ligasi 6-turi doirasida «Shabob al-Ahli»ga qarshi o‘yini bekor qilindi. Bu haqda OFK rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Bir qator futbolchilarida koronavirus aniqlangan «Al-Hilol» so‘nggi turga 11 nafar o‘yinga layoqatli futbolchi bilan yetib keldi. Reglament bo‘yicha qaydnomada kamida 13 futbolchi bo‘lishi (shulardan kamida bir nafari darvozabon) kerakligi belgilangandi.
Saudiyaliklar klubi uchrashuvni 9 o‘yinchi bo‘lib boshlashini va ikki nafar darvozabon zaxira o‘rindig‘idan joy olishini ma’lum qildi. Biroq uchrashuv komissari o‘yinni bekor qilgan.
Ma’lumot uchun, OFK ishlab chiqqan reglamentga ko‘ra, jamoalardan biri koronavirus sabab o‘yinda ishtirok eta olmasa, o‘sha jamoa musobaqadan chetlatiladi va uning barcha natijalari bekor qilinadi.
Shu tariqa «Al-Hilol»ning guruh bosqichidagi barcha natijalari bekor qilindi. «Paxtakor» guruhda birinchi o‘rinni egallab, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ikkinchi o‘rin «Shabob al-Ahli»ga nasib etdi.
Eslatib o‘tamiz, «Al-Hilol» pley-off masalasini hal qilib qo‘ygandi. Shota Arveladze shogirdlari 1/8 final bosqichda Eronning «Istiqlol» jamoasiga qarshi o‘ynaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar