
Kecha “Paxtakor” Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 finalida Eronning “Istiqlol” klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo‘l oldi.
Endi "Paxtakor"ning ushbu bosqichdagi raqibi qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. OCHL chorak finaliga qur’a tashlash marosimi esa, 28 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da boshlanadi.
Kecha “Paxtakor”dan tashqari, Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi ham chorak final masalasini ijobiy hal etgan edi. Bugun esa 1/8 finalning yana 2 ta bellashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda “Persepolis” – “Al-Sadd” va “Al-Nasr” – “Al-Taavun” juftliklari chorak finalga chiqish uchun bahs olib boradi.
PaxtakorOsiyo Chempionlar LigasiChorak FinalIstiqlol KlubiQur’a TashlashToshkent Vaqti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar